Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
16 nafar mutaxassislar tomonidan iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga 10 614.36 tonna suyultirilgan gaz to‘ldirib berilgan. Bu ballon hisobida 530 mingdan ziyod maishiy gaz ballonni tashkil etadi.
Asaka gaz to‘ldirish shoxobchasiga 157 ta vagon-sisternada 5616.18 tonna, 330 ta avtosisternada esa 6238 tonna suyultirilgan gaz tashib keltirilgan. Shuningdek, ushbu GTSH orqali “Qo‘rg‘ontepa” hamda “Shahrixon” GTSHlariga ham 1000 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Asaka gaz to‘ldirish shoxobchasini quvvatini oshirish maqsadida 2 dona hajmi 50 m³ sig‘imlar, bir donadan qo‘shimcha nasos va kompressorlar hamda 4 dona suyultirilgan gaz quyish kalonkalari o‘rnatildi. Shuningdek, vagon-sisternalardagi gazni quyish uchun qo‘shimcha uskunalar o‘rnatilib, bugungi kunda bir vaqtni o‘zida 4 ta vagondagi suyultirilgan gazni quyib olish imkoniyati yaratildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.