Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shahrixon tumanida 43 818 ta suyultirilgan gaz iste’molchilariga o‘tgan 2020 yilda 6 168.30 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Iste’molchilardagi jami maishiy gaz ballonlar soni 56 140 tani tashkil etib, aholining ballon bilan ta’minlanganlik darajasi 128 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonida iste’molchilariga maishiy gaz ballonlaridan foydalanish qoidalari bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda. Maishiy gaz ballonlarini turli xil to‘shak yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yish, gaz plitasi bilan orliq masofa kamida 1.5-2 metr bo‘lish kerak ekanligi tushuntirilmoqda.
“Hududugaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.