Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Barchamizga yaxshi ma’lumki, uy ichi gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko’rsatiladi. Biroq, tabiiy gaz ta’minoti iste’mochilariga buyurtma asosida xizmat ko’rsatish imkoniyati ham mavjud.
Chilonzor tumani, “Tirsakobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xoldorboyeva Durdona gaz plitasidagi gaz sizib chiqish holatini sezgach, zudlik bilan o’zining va oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 104 raqami orqali murojaat qildi. “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi mas’ullari tomonidan iste’molchi xonadoniga borib, gaz uskunalari belgilangan tartibda texnik ko’rikdan o’tkazilib, 2022 – 2023 yillar kuz – qish mavsumiga shay holga keltirildi. Fuqarolarimiz orasida o’zi va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo’lmagan iste’molchilarimiz mavjudligi bizni quvontirdi.
Ta’kidlash zarur, gaz asboblarini buyurtmalarga asosan ta’mirlash ishlari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- gaz sizib chiqish hollarida – zudlik bilan;
- ovqat tayyorlash apparatlarining nosozligida – bir sutka ichida;
- isitish mavsumida isitish apparatlarining nosozligida – isitish mavsumidan tashqari boshqa paytlarda ikki sutka ichida;
- apparatlarni almashtirish - besh sutka ichida nazoratdan o’tkazilishi shart.
Gaz sizib chiqish holatidan tashqari qolgan barcha ta’mirlash ishlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Buyurtmalar asosida gaz jihozlarini ta’mirlashda buyurtmada ko’rsatilgan barcha nosozliklar bartaraf etiladi, ta’mirlangan gaz jihozining ish qobiliyati tekshirib ko’riladi hamda aniqlangan muammolar bartaraf etiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati