Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Poytaxtimiz kun sayin chiroy ochmoqda. Yangi binolar, istirohat bog’lari barpo etilmoqda. Ko’chalar obod manzillarga aylanmoqda. Piyodalar yo’laklari qurilib, aholi xotirjamligi ta’minlanmoqda. Metropoliten yo’nalishlari kengaymoqda. Bolalar maydonchalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Har sohada rivoj topayotgan bu zaminda yashamoq insonga zavq bag’ishlaydi. Osuda osmon, tinch-totuv hayot. Texnika asri deya e’tirof etilgan 21-asrda kashf etilayotgan zamonaviy texnologiyalar insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Jumladan, gaz ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi xalqimiz manfaati, iste’molchilarimizning farovon yashashi uchun xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022 - yilda dastur ijrosini ta’minlash maqsadida 24 ta mahallada keng qamrovli ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Ushbu mahallalardagi jami 101 ta gaz taqsimlash qurilmalari ta’mirlanishi belgilandi. Shundan, 25 dona gaz maromlash punkti mukammal ta’mirlanadi, 74 donasining esa joriy ta’mirlanishi belgilangan. Ushbu mahallalar kesimida 25 kilometr gaz quvurlari mukammal ta’mirlanib, bo’yoqlanadi.
Yashnobod tumani, “Jar boshi”, “Ibrat” mahallalaridagi 2 ta gaz taqsimlash punkti yaroqsiz holga kelib qolganligi bois, yangisiga almashtiriladi. 1 kilometrdan ortiq gaz quvurlari bo’yoqlanib, tartibga keltiriladi, 19 dona gaz taqsimlash moslamasi joriy ta’mirlanadi. Natijada tabiiy gazdagi yo’qotishlarga barham berilib, iste’molchilar xonadoniga bir maromda xavfsiz tabiiy gaz yetib borishiga erishiladi.
Bugunga qadar Mirzo Ulug’bek tumanida 2022-2023-yilllar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish hamda “Obod” mahalla dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, “Bog’imaydon”, “Turon” mahallalarida joylashgan o’rta va past bosimli gaz quvurlari hamda gaz taqsimlash qurilmalari tartibga keltirilib, navbatdan tashqari texnik ko’rikdan o’tkazilib,ta’mirlash, bo’yoqlash ishlari amalga oshirildi.
Dastur doirasida hozirgacha 10 ta gaz maromlash qurilmasi joriy ta’mirlandi. 2 kilometrga yaqin gaz tarmoqlari bo’yoqlandi.
Har bir qilinayotgan amaliy ish zamirida inson manfaati yotar ekan, dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad ham aynan fuqarolar farovonligini ta'minlashdir.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati