Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navoiy shahrining “Yoshlik” mahallasidagi hovli turar joylarida 1256 ta tabiiy gaz iste’molchisi, 61 ta ko‘p qavatli uyda esa 3748 ta xonadon mavjud. Mazkur hududdagi hovli turar joylarida istiqomat qiladigan iste’molchilarga joriy yilning mart oyidan boshlab “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatila boshlandi. Jarayonlarni yaqindan kuzatish, iste’molchilarning zamonaviy hisoblagichlar borasidagi fikrini o‘rganish hamda onlayn to‘lov borasida targ‘ibot ishlarini olib borish uchun filial matbuot xizmati mas’ul xodimlar bilan birga mazkur mahallada bo‘ldi.
Hududda zamonaviy hisobdonlarni o‘rnatish ishlariga jami 12 ta brigada jalb etilib, ishlar reja asosida olib borilmoqda. Ayni kungacha 1143 ta iste’molchiga zamonaviy hisobdon o‘rnatib bo‘lindi. Jarayonda mas’ul xodimlar tomonidan o‘rnatilgan hisoblagichlar va iste’molchi haqidagi ma’lumotlar to‘liq maxsus dasturga kiritib borilmoqda.
“ – Ushbu mahalladagi iste’molchilar xonadonlariga gaz jihozlarining soniga qarab 743 ta G6, 400 ta G4 rusumdagi hisoblagichlar o‘rnatildi. Hisoblagich o‘rnatish jarayonida iste’molchilarda uning hajmi, xavfsizligi borasida savollar bo‘ldi. Biz ularga hisoblagichning tuzilishi va asosiy funksiyalari, shuningdek, xavfsizlik borasidagi qulayliklari haqida ma’lumotlar berdik. Undan foydalanish qoidalari ham tushuntirildi”, - deydi “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimi Suxrob Saidov.

Mahallaning “Yangi hayot” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Oxun Hayitov intizomli to‘lovchilardan. Shuning uchun uni xonadoniga o‘rnatilgan “aqlli” gaz hisoblagichi umuman tashvishlantirmadi. Qaytanga iste’molchi yangi hisobdonning xavfsiz tomonlarini eshitib juda xursand bo‘ldi:
“ – Xonadonimga “aqlli” hisoblagich o‘rnatib berib ketishganiga qariyb bir oy bo‘ldi. Men oldin ham kommunal to‘lovlarni vaqtida amalga oshirganman. Hozir ham gaz uchun oldindan to‘lov qildim. To‘lovni uydan chiqmasdan, mobil ilova oqali amalga oshirdim. Ortiqcha vaqtim ketmadi, yo‘lga pul ham sarflamadim. Bu hisoblagichning menga yana ma’qul tomoni gaz sizib chiqsa, sezib, o‘zi o‘charkan. Bartaraf etilmaguncha yonmaskan. Xonadonlarda gaz bosimi bir xil taqsimlanarkan. Agar hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, onlayn tarzda maxsus bazada ko‘rinarkan. Eng muhimi, gazni tejab ishlatishga o‘rganyapmiz”.
Mahallaning “Karvon” ko‘chasida yashovchi Akbar Arziyev doimiy ish bilan band. Kommunal to‘lovlarni vaqtida to‘lashga xohishi bor, lekin gaz idorasiga borib to‘lov qilishga vaqti yo‘qligi bois, muammolarga duch kelayotgandi. Soha mutaxassislaridan mobil ilova orqali to‘lov qilish mumkinligini eshitib xursand bo‘ldi:
“ – Gazga to‘lov qilish, qarzdorlikni aniqlash uchun gaz idorasiga borib o‘tirish shart emaskan. Qo‘limdagi telefondan to‘lashim mumkin ekan. Mutaxassislarning tushuntirishicha, onlayn to‘lov qilinsa, bonus ham qo‘shib berilarkan. Bu iste’molchilar uchun juda qulay va yaxshi imkoniyat. Agar hamma uyda to‘rib to‘lovni amalga oshirsa, gaz idoralarida soatlab navbatga turib, ortiqcha vaqtini yo‘qotmaydi. Vaqtini qadrlaydigan har qanday iste’molchi, zamonaviy to‘lov tizimidan foydalanishi, vaqtini boshqa kerakli ishlarga sarflashi kerak, deb o‘ylayman”.
“Baxt” ko‘chasi iste’molchilari ham hozirda “aqlli” gaz hisoblagichlardan foydalanishmoqda. Xo‘sh, ular tabiiy gaz uchun mobil to‘lov borasida qanchalik ma’lumotga ega? Mazkur ko‘chada istiqomat qiluvchi Shahlo Botirova bu haqda shunday deydi:
“Xonadonimizga zamonaviy hisoblagich o‘rnatilgan. Quyoshdan himoya uchun maxsus yashiklar ham qo‘yishgan. Bir kuni telefonimga qarzingiz bor, degan SMS keldi. 3 kun ichida to‘lov qilinmasa, o‘charkan. Gaz idorasiga bordim. To‘g‘risi, navbat anchagina ekan. Navbatim kelguncha ko‘p vaqt o‘tdi, rejalashtirgan ishlarim qolib ketdi. E’lonlar doskasiga mobil ilovalar orqali to‘lov qilish imkoni borligi haqida ma’lumot chiqartirilgan ekan. Menga ma’qul bo‘ldi. Ovora bo‘lishmasin, deb bu haqda barcha yaqinlarimga ham aytdim. Bundan tashqari, soha xodimlari aholi orasida yurib, onlayn to‘lovning afzalligi borasida targ‘ibot ishlari ham olib borishyapti. Maxsus varaqalar tarqatib, bilmaganlarga o‘zlari o‘rgatib, tushuntirishmoqda”.
“Yoshlik” mahallasida “aqlli” hisoblagich o‘rnatish ishlari tez kunlarda yakuniga yetadi. Biroq, gaz ta’minoti borasida targ‘ibot ishlari muntazam ravishda davom etadi. Maqsad – iste’molchilarni qulayliklardan xabardor qilish.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati