Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navoiy shahri hududiga zamonaviy hisobdonlarni o‘rnatish joriy yilning mart oyidan boshlangan edi. Shahar hududida “aqlli” hioblagich o‘rnatish ishlariga hozirda 20 ga yaqin payvandchi brigada va zarur texnikalar jalb etilgan. Ular yordamida ayni vaqtgacha 5914 ta zamonaviy gaz hisoblagich uskunalari o‘rnatildi. Navoiy viloyati televideniyesining “Diyor 24” informatsion dasturida shu haqda lavha efirga uzatildi.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati