Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022-2023 yillar aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnash kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, tadbir boshidan buyon 14 719 ta hovli joylar va 3 636 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda gazdan xavfsiz foydalanish holati o‘rganildi. Tabiiy gaz iste’molchilarida 3 101 ta, suyultirilgan gaz iste’molchilarida esa, 1 371 ta kamchilik aniqlandi. Viloyatda gazdan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik holatlari eng ko‘p Xatirchi, Karmana, Nurota, Navbahor, Qiziltepa tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.
3 710 ta kamchilik mas’ul xodimlar tomonidan joyida bartaraf etilib, aholiga nostandart pechlar, dudbo‘ronlarning o‘rnatilishi va tozaligiga e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi. Tadbir boshidan buyon iste’molchilarga 8 111 ta eslatmalar taqdim qilindi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati