Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Yunusobodtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan tumandagi "Otchopar 1"mahallasida joylashgan 1-3-5-ko‘p qavatli xonadonlarda istiqomat qilayotgan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar o'rganildi.
Murojaatlar o'z yechimini topdi. Mahalla ahli uchun "Chinobod" ko‘chasidan d-76mmli 130m gaz quvuri tortish ishlari boshlab yuborildi. Ishlar yakunlangach, mahalladagi 3 ta 4 qavatli uylarda istiqomat qilayotgan jami 144 ta aholi xonadonlari uchun maxsus kichik lokal qozonxona qurilib, xonadonlardagi issiqlik manbai yaxshilanadi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati