Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 9 yanvar kuni Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialida yaratilgan sharoitlar, aholi va ulgurji isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy va suyultirilgan gaz masalalari o‘rganildi.
O‘rganish filialning Markaziy dispetcherlik xizmati bo‘limida filial rahbari N.Gafarov va tegishli bo‘limlar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berilishi, maishiy gaz ballon tarqatuvchi va tashuvchi avtomobillarni kuzatish, gaz to‘ldirish shaxobcha stansiyalariga o‘rnatilgan onlayn kameralar tizimi va boshqa bir qancha ijobiy o‘zgarishlar haqida maʼlumot berildi. Mavjud muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan tegishli tartibda ko‘rsatma va amaliy yordam berildi.