Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
SO'NGGI 10 KUN DAVOMIDA AHOLIGA 2121 TONNA SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERILDI
Aholini bir me'yorda suyultirilgan gaz bilan ta'minlash "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialining asosiy vazifalaridan biridir. Jumladan, so'nggi 10 kun davomida viloyatimizning 105079 nafar iste’molchilari filial tomonidan, jami 2121 tonna suyultirilgan gaz bilan ta'minlandi. Buni tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo'lsak,
Namangan shahri iste'molchilariga 275,5 tonna; Pop tumani iste'molchilariga 159,8 tonna; Chust tumani iste'molchilariga 174,6 tonna; To‘raqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 212,8 tonna; Namangan tumani iste'molchilariga 152,3 tonna; Mingbuloq tumani iste'molchilariga 134,6 tonna; Kosonsoy tumani iste'molchilariga 164,2 tonna; Uychi tumani iste'molchilariga 160,2 tonna; Yangiqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 233,1 tonna; Chortoq tumani iste'molchilariga 138,1 tonna; Uchqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 138,9 tonna; Norin tumani iste'molchilariga 161,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hozirda viloyatdagi barcha iste’molchilarga suyultirilgan gazni ID kartalar orqali “E-gaz” dasturiga asosan yetkazib berilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati