Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
AVARIYALARINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
“Hududgaz Konsalting” MChJ tomonidan “Hududgazta’minot” AJ tizimidagi barcha gaz ta'minoti filiallarining mas'ul xodimlari uchun “Avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasini tuzish va rasmiylashtirish tartibi”ning mazmun va mohiyati” mavzusida onlayn o‘quv seminari tashkillashtirildi.
Mashg‘ulotda Jamiyat va “Hududgaz Konsalting” MChJning mutaxassislari gaz ta'minoti ob'yektlarida yuzaga kelgan avariya holatlarida “Avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasi”ni tuzish tartibi, avariya holatida dispetcherning hatti-harakatlari, holat sodir bo‘lgan joyda gaz sizib chiqayotgan joyni tekshirish, gaz sizib chiqish joyi aniqlangan taqdirdagi harakatlar, yetib kelgan ta'mirlash brigadasiga vaziyatni tushuntirish, yer osti gaz quvurining shikastlangan joyini ochish va avariya holatini bartaraf etish hamda boshqa tegishli masalalar bo‘yicha ma'ruzalar o‘qishdi.
Onlayn o‘quv seminarida tabiiy gaz ta'minoti tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarda “Avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasini tuzish va rasmiylashtirish tartibi”ga oid holatlar maxsus videoroliklar yordamida tahlil qilindi hamda mashg‘ulotlar uchun tayyorlangan savolnomalar asosida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, mashg‘ulot davomida Namangan, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari taqdim etildi.