Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
UCH OY DAVOMIDA 166157 DONA UY ICHI GAZ JIHOZLARI TEXNIK TAFTISHDAN O'TKAZILDI
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining “Uy ichiga xizmat ko‘rsatish” bo‘limida 223 nafar chilangarlar faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi gaz jihozlariga texnik xizmat ko'rsatishdan iborat.
Xususan, joriy yilning yanvar, fevral, mart oylari davomida mazkur bo'lim tomonidan viloyatimizning 105243 nafar aholi iste'molchilarining 166157 dona gaz jihozlari texnik taftishdan o'tkazildi. Shundan,
Namangan shahrida 32233 ta; Davlatobod tumanida 8852 ta; Pop tumanida 9066 ta; Chust tumanida 8067 ta; To‘raqo‘rg‘on tumanida 4790 ta; Namangan tumanida 8878 ta; Mingbuloq tumanida 35623 ta; Kosonsoy tumanida 10273 ta; Uychi tumanida 16702 ta; Yangiqo‘rg‘on tumanida 11287 ta; Chortoq tumanida 7392 ta; Uchqo‘rg‘on tumanida 9551 ta; Norin tumanida 3443 ta uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko'rsatildi.
Gaz jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish muhim omil sanaladi. Sababi, nosoz gaz jihozidan foydalanish turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, gaz jihozlaringizni texnik ko'rigiga e'tiborsiz bo'lmang. Bu bilan siz o'z xavfsizligingizni ta'minlagan bo'lasiz...
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati