Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida Boshlang’ich Kasaba uyushmasi va Boshlang’ich xotin-qizlar hududiy tashkiloti kengashi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining bosh assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish” kuniga bag’ishlangan “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Unda Buxoro muhandislik texnologiya instituti o’qituvchisi, falsafa fanlari doktori ishtirok etib, bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi o’rni va rolini oshirish, bu borada mamlakat rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qator me’yoriy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati to’g’risida to’xtalib o’tildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan videolavhalar qo’yilib, o’zaro fikr-mulohazalar almashildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati