Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyatning Peshku tumanida gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun hamkor tashkilotlar bilan birga targ’ibotlar davom etmoqda. Ta’kidlash lozim, garchand joylarda tushuntirishlar olib borilayotgan bo’lsa-da, nostandart gaz jihozlaridan hamda talab darajasida o’rnatilmagan dudbo’ronlardan foydalanib kelayotganlar yo’q emas. Bu kabi salbiy holatlar turli baxtsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkinligi tushuntirildi. Soha vakillari tomonidan aniq ko’rsatmalar berildi.
Xodimlarning navbatdagi manzili tumanning “Yangibozor” mahallasida bo’ldi. Aholiga tabiiy gazdan to’g’ri foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo’yicha yo’riqnomalar tarqatildi. Mavjud muammolarning oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
Jarayonlar davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati