Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Insonga e'tibor bugunning muhim mezonlaridan hisoblanadi. Shunday ekan gaz ta'minoti filiali tomonidan bu borada maqsadli ishlar yo'lga qo'yildi. Aholiga bir maromda tabiiy gazni yetkazib berish, mavjud muammolarning o’z vaqtida bartaraf etilishi uchun joylarda jarayonlar davom etmoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari namunali tashkil etilmoqda.
Xususan, G’ijduvon tumani “Ulfatbibi”, “G’ishti”, “Beshtuvo” mahallalaridagi jami 2000 tadan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi aholi va 7 taga yaqin ijtimoiy obyektda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog’liq muammolar ham yaxshilanadigan bo’ldi.
“Hududgazta’minot” AJ mablag'lari hisobidan diametri 159 mmli 8,7 km gaz quvuri tortildi va foydalanishga topshirildi. Ushbu amaliy jarayon uchun Qurilish va montaj boshqarmasi tomonidan 4 ta texnika, 8 nafar ishchi xodimlar jalb etildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati