Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gaz iste’molchilari uchun joylarda o’rnatilayotgan hisoblagichlar bugun ularning to’lov bilan bog’liq muammolarining hal etilishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, har bir fuqaroning iste’molchi sifatida to’lov madaniyatini oshirmoqda.
Buxoro viloyatida tabiiy gazdan foydalanuvchi 150638 ta aholi xonadonlarida hisoblagichlar o’rnatildi. Olis hududlar sanalmish Olot hamda Qorovulbozor tumanida ushbu jarayonlar yakuniga yetkazildi. Buxoro shahar hamda Peshko’, Buxoro tumanlarida esa amaliy jarayonlar nihoyalanish arafasida turibdi.
Ta’kidlash lozim, raqamlashtirish texnologiyasining joriy etilayotganligi aholini har tomonlama faol hamda zamon bilan hamnafas yashashida ko’maklashadi. Muhimi, har bir iste’molchining o’zi jarayonni amalga oshirishda muammoga yo’l qo’ymasa mavjud murojaatlar ham kelib chiqmaydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali mas’ul vakili Nurali Baqoyev bugun joylarda ba’zi iste’molchilarning zamonaviy hisoblagichlardan noto’g’ri foydalanib kelayotganligini ta’kidladi. Aynan imkoniyatdan samarasiz foydalanish esa ularning tabiiy gazdan vaqtincha uzilishlariga sabab bo’layotganligini aytib o’tdi. Bu kabi boshqa bir qator muammolarning oldini olish uchun xodimlar nafaqat o’rnatishni, balki tushuntirish va targ’ibot ishlarini olib borishmoqda. Tushuntirishlar davomida avvalo hisoblagichdan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berib o’tilmoqda. Jumladan, hisoblagichni o’zboshimchalik bilan o’rnatilgan joyidan yechib olish, ta’mirlash, shikast yetkazish ta’qiqlanishi qayd etilmoqda.
Баъзи фуқаролар тўловни амалга оширишда сусткашликка йўл қўяётганлиги, бу эса мурожаатларнинг келиб чиқаётганлигига сабаб бўлмоқда. Йил бошидан бугунга қадар жами ҳисоблагич билан боғлиқ турли мазмундаги 133 дан ортиқ мурожаатлар келиб тушган, улар ўз вақтида соҳа вакиллари томонидан қабул қилиниб, амалий жиҳатдан ҳал этилган. Шунингдек, ҳисоблагичдан тўғри фойдаланган ҳолда тўловни ўз вақтида амалга ошириш лозимлиги борасида ҳам тушунчалар берилган.
Жойларда ходимлар томонидан олиб борилаётган амалий ишлар аҳолининг ҳар бир имкониятдан тўғри ҳамда ўринли фойдаланишида, муҳими, истеъмолчи сифатида ўз вазифаларини вақтида амалга оширишида хизмат қилади.
“Ҳудудгаз Бухоро” газ таъминоти филиали матбуот хизмати.