Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni vaqtda Navbahor tumanida 10 852 ta tabiiy gaz iste’molchisi mavjud. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Xususan, rejada belgilangan 2,9 km gaz quvurlari mukammal ta’mirlab bo‘lindi. 3 dona gaz taqsimlash punkti kapital ta’mirlandi. 151 dona qurilma taftish qilindi. 8 km gaz quvurlari bosim ostida zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalandi. 24,2 km tarmoqlar estetik jihatdan tartibga keltirildi.
Mavsumga tayyorgarlik ishlariga 16 nafar xodim va zarur texnikalar jalb qilingan.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati