Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun har bir tizimda malakali kadrlar tayyorlash eng oliy ustuvor maqsadlardan biriga aylangan. "Hududgazta'minot" AJning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlar mutaxassislari uchun "Aksiyadorlik korxonalarini transformatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish" mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
"Hududgaz Poytaxt" GTF binosida "Hududgaz Konsalting" MCHJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi professori Xamudilin Mixail Borisovich hamda "HGT Training center" mutaxassisi Kotov Valentin Antonovichlar boshchiligida seminar o‘tkazildi.
Seminarning ilk kuni "Yirik biznes darajasida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda "Hududgazta'minot" AJ tarkibidagi barcha viloyat filiallari iqtisodiy blok yo'nalishi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar Mixail Borisovich tomonidan qizg‘in va amaliy Kompetentlik asosida olib borildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga professor tomonidan javob olishdi. Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad soha kadrlarning bilim va tajribalarini yanada oshirishdan iboratdir.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati