Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Raqamlashtirish jarayoni bugun gaz ta’minoti tizimidagi har bir yo’nalishda bo’y ko’rsatmoqda. Jumladan, mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarning oldini olish, ishlab chiqarish nazorati xodimlari va mehnatni muhofaza qilish yo’nalishi bo’yicha yetakchi muhandislarning faoliyatini rivojlantirish, online nazoratni kuchaytirish, qo’llab-quvvatlash maqsadida “Sanoat xavfsizligi” dasturi ham joriy etildi.
Ma’lumot sifatida ta’kidlaydigan bo’lsak, ushbu dastur orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi ta’minlandi.
Bugun “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida dasturdan to’g’ri foydalanish maqsadida tegishli bo’lim mutaxassislari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda dastur ahamiyati, nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligi hamda undan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar berildi. Savol-javoblar, fikr-mulohazalar bildirildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati