Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Olmazor tumani Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan yer osti D-76mm o‘rta bosim gaz quvuridagi avariya holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning "Olmazortumangaz" gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli joriy yilning 17 aprel kuni soat 11:00dan 17:30ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi.
Shundan aholi isteʼmolchilari:
- "Axil" MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 1 590 ta aholi xonadonlarida;
- “Yangi Toshkent” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 618 ta aholi xonadonlarida.
- “Paxta” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 685 ta aholi xonadonlarida;
- "Moyariq" MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi 691 ta aholi xonadonlarida;
- "G‘-Agzamov" MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 703 ta aholi xonadonlarida;
- "g-Ariq" MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 750 ta aholi xonadonlarida.
Ulgurji isteʼmolchilari:
- Korxonalar – 25 ta;
- novvoyxona – 10 ta;
- “Doka xleb” – 1 ta.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati