Yuqori turuvchi organlarga Xorazm viloyatida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi ayrim tadbirkorlar tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilmayotganligi va tarmoqdan uzib qoʻyilganligi haqida murojaat boʻlmoqda.
Xususan, F.Maxmudova “REDITUS” MCHJga qarashli issiqxonaning 01.11.2023-yil holatiga koʻra tabiiy gazdan 650 mln soʻm qarzdorligi mavjud boʻlsada, tarmoqdan ajratilganidan norozi boʻlib asossiz ravishda murojaat qilgan.
Maʼlumot uchun, Bogʻot tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga koʻra, “REDITUS” MCHJdan “Hududgaztaʼminot” AJ foydasiga tabiiy gaz haqini undirish haqidagi ijro hujjatlari mavjud boʻlib, qarzdorga tegishli
mol-mulklar xatlangan va hozirda ijro harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyatida tabiiy gaz bilan taʼminlanadigan 179 ta issiqxona mavjud. Mazkur issiqxonalarning 100 tasi boʻyicha 22.11.2023-yil holatiga 50,6 mlrd soʻm debitor qarzdorligi mavjud boʻlib, undiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvi tadbirkorlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.1023-yildagi “Issiqxona xoʻjaliklari va meva-sabzavotlarni eksport
qiluvchi korxonalarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 567-sonli Qaroriga muvofiq, yaʼni
issiqxona xoʻjaligining tabiiy gaz hisoblagichlari Tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hamda tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha maʼlumotlari GNHOATga onlayn ravishda uzatiladigan boʻlishi;
issiqxona xoʻjaligining tabiiy gazdan yuzaga kelgan
debitor qarzdorligini soʻndirishi hamda tabiiy gaz uchun belgilangan toʻlovni oldindan toʻlashi;
aholining gaz taʼminoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda, issiqxona xoʻjaligida yetarli miqdorda muqobil yoqilgʻi zaxirasining mavjud boʻlgan hollarda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qarorida belgilagan tariflarda tabiiy gazni yetkazib berishning yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilinadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ
O`z
Menu
Kengaytirilgan qidiruv
