Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgazta'minot" aksiyadorlik jamiyatining ekologik siyosati
1. Umumiy qoidalar
"Hududgazta’minot" Ajning asosiy faoliyati gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlarning xavfsiz ishlashi uchun o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlashi hamda aholiga va ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz sotib olish, etkazib berish, saqlash va sotishdan iborat. "Hududgazta’minot" AJ, uning filiallari va tashkilotlari vertikal integratsiyalashgan jamiyatni (bundan keyin Jamiyat deb yuritiladi) tashkil etadi. Bunda, "Hududgazta’minot" AJ bosh korxona sifatida faoliyat yuritib, Jamiyatning umumiy rivojlanish strategiyasini belgilaydi. "Hududgazta’minot" AJning strategiyasi energetika korxonalari orasida yetakchi mavqega erishishdan iborat. Bu strategiya hozirgi va kelajak avlodlar uchun qulay atrof-muhitni saqlashga mas’uliyatli munosabatni o‘z ichiga oladi. “Hududgazta’minot” AJning ekologik siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro me’yoriy hujjatlarga asoslanadi. Ekologik siyosat o‘rta muddatli korporativ ekologik maqsadlarni belgilash uchun asos hisoblanadi va Jamiyatning istiqbolli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda inobatga olinishi shart. Ekologik siyosat Jamiyatning har bir xodimiga yetkaziladi va Jamiyatning barcha hamkorlari uchun, istisnosiz, yo‘llanma bo‘lishi lozim. Ekologik siyosat, "Hududgazta’minot" AJning ekologik menejment tizimida belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, jamiyatning rivojlanish ustuvorliklari va faoliyat sharoitlari o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi, tuzatilishi va takomillashtirilishi lozim.
2. Jamiyatning majburiyatlari
"Hududgazta’minot" AJ barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini ma’lum qiladi. Bu tamoyillar iqtisodiy o‘sish va kelajak avlodlar uchun qulay atrof-muhitni saqlashning muvozanatli hamda ijtimoiy jihatdan maqbul uyg‘unligini anglatadi. Shundan kelib chiqib, Jamiyat o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi va ularning bajarilishini o‘z hamkorlari, pudratchilari hamda kontragentlaridan talab qiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlar hamda faoliyat yuritilayotgan mamlakatlar qonunchiligida belgilangan ekologik me’yor va talablarga rioya etilishini kafolatlash. 2) Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy resurslarni tejash, iqlim va bioxilma-xillikni saqlash hamda atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish choralarini ko‘rish. 3) Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha ogohlantiruvchi choralarni amalga oshirish, ya’ni salbiy ta’sir oqibatlarini bartaraf etish choralaridan ko‘ra, bunday ta’sirning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni ustuvor qo‘yish. 4) O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash jarayonida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid me’yor va talablarga rioya etilishini kafolatlash. 5) Ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish. 6) Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida atrof-muhitga, jumladan zaif tabiiy obyektlarga hamda muhofaza qilinadigan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini kamaytirishni ko‘zda tutish lozim. 7) Jamiyat xodimlarini ekologik xavf-xatarlarni kamaytirish, ekologik boshqaruv tizimini va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda yaxshilash faoliyatiga jalb etishni ta’minlash. 8) Jamiyat xodimlarining atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda malakasini oshirish. 10) Jamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati va bu sohada qabul qilinayotgan qarorlar bilan bog‘liq ekologik ma’lumotlardan keng jamoatchilik bemalol foydalana olishini ta’minlash.
3. Ekologik siyosat majburiyatlarini amalga oshirish mexanizmlari
Ushbu Ekologik siyosat majburiyatlarini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardir: – ISO 14001 xalqaro standarti talablariga asoslangan korporativ ekologik boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish; – Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va ularni amalga oshirish uchun zarur resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan o‘lchanadigan korporativ ekologik maqsadlarni belgilash; – Faoliyatni rejalashtirish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ekologik jihatlarni majburiy ravishda hisobga olish hamda xavf-xatarlarni baholash; – Ishlab chiqarish ekologik nazorati va monitoringini olib borish, Jamiyatning xo‘jalik faoliyati atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sirni baholashni amalga oshirish; – Respublikaning aholi punktlarini gazlashtirish dasturlarini amalga oshirish; – Jamiyatning global ekologik dasturlarda hamda o‘z faoliyat yuritayotgan hududlarning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarda ishtiroki; – Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va noan’anaviy energiya resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish; – ishlab chiqarish faoliyatining turli bosqichlarida, shu jumladan texnologiyalar, materiallar va asbob-uskunalarni xarid qilishda, eng yaxshi mavjud texnologiyalarni qo‘llash; – yuqori ekologik xavf-xatarlarni sug‘urtalash; – Jamiyatning har bir xodimi tomonidan faoliyat ko‘rsatayotgan hududlardagi ekologik jihatlar bilan bog‘liq qo‘llaniladigan qonunchilik va boshqa talablarni o‘rganish, tushunish va amalda qo‘llashni tashkil etish; – Jamiyat xodimlarining ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish; – Jamiyatning barcha xodimlarini ekologik boshqaruv tizimiga oid faoliyatlarga jalb qilish; – Jamiyatning ekologik xavfsizligini oshirishga qiziqish bildirgan tashkilotlar va shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik olib borish; – Jamiyat uchun yoki uning topshirig‘i bo‘yicha ishlaydigan barcha shaxslar, shu jumladan Jamiyat obyektlarida faoliyat yuritayotgan pudratchilarga Ekologik siyosat majburiyatlari haqida ma’lumot berish.
Taxririyat sanasi: 11.09.2025 10:49
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!