Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi a’zolari va Ijroiya organi a’zolariga rag‘batlantirish va mukofot to‘lash tartibi to‘g‘risida MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibiga davlat vakili nomidan saylangan vakillarga mukofot to‘lash nazarda tutilmagan. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga mukofot to‘lash mazkur qaror talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamiyat Ijroiya organi a’zolariga rag‘batlantirish va mukofot to‘lash quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–49-son Farmoni;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori;
4. Jamiyat ustavi;
5. Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizom.
Mazkur hujjatlar asosida Jamiyat Ijroiya organi a’zolarini rag‘batlantirish va mukofotlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Taxririyat sanasi: 06.02.2026 15:45
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!