Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Òrta bosimli, kesimi 100 mmli gaz quvurini avtotransport vositasi urib yuborishi natijasida yuzaga kelgan avariya holatini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida G'ijduvon tumanidagi "Pamòza", "Charmgaron", "Nodira", "Havzak", "Rabotqozi", "Guliston" MFYda istiqomat qiluvchi tabiiy gaz iste'molchilariga tabiiy gaz ta'minoti 2022-yil 12-may kuni soat 6.00 dan to 17.00 ga qadar vaqtinchalik to'xtatiladi.
Noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali barcha iste'molchilardan uzr so’raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati