Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Nurafshon shahar "Qumariq" MFY "Toshkent" yoʻli koʻchasidan oʻtgan yer osti yuqori bosim gaz quvurida gaz sizib chiqish (avariya) holatini sababli, 2022-yil 24-may kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Nurafshon shahar "Qumariq", "Dagantepa", "Dehqonobod" MFYlaridagi jami 895 ta aholi xonadonlarida va 3 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati