Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 13-fevral kuni o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilish soat 11:00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uyda joylashgan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 10:45 boshlanadi.
KUN TARTIBI:
1. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash. 2. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash. 3. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2026-yil 22-yanvar, yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri esa 2026-yil 9-fevral holatida shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy. Jamiyatning rasmiy veb-sayti: hududgaz.uz Elektron pochta: info@hududgaz.uz, korporativ@hududgaz.uz tel.:(71) 281-16-85 (316)