Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 6-mart kuni o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilish soat 10:00 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uyda joylashgan Jamiyatning ma’muriy binosi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 09:45 da boshlanadi.
KUN TARTIBI:
Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash;
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
Kuzatuv kengashi tarkibini ko‘rib chiqish;
Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari uchun to‘lanadigan mukofot pulini belgilash;
Jamiyat ijroiya organining 2024-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari hamda biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish;
Jamiyatning 2024-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga doir tashqi auditor xulosalarini ko‘rib chiqish;
Jamiyatning 2024-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish;
Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish;
Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot;
Jamiyat ijroiya organi bilan mehnat shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
Umumiy yig‘ilish haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2026-yil 13-fevral, yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri esa 2026-yil 2-mart holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), ularning vakillari esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilish materiallari bilan Jamiyatning ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy
Rasmiy veb-sayt: hududgaz.uz
Elektron pochta: info@hududgaz.uz, korporativ@hududgaz.uz