Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi2026-yil 10-mart kuni o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilish soat 15:00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uyda joylashgan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 14:00boshlanadi.
KUN TARTIBI:
1. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat ichki hujjatlariga o‘zgartirish kiritish.
4. Kuzatuv kengashini yangi tarkibini saylash.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2026-yil 16-fevral, yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri esa 2026-yil 3-mart holatida shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy.