Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangihayot tumani hududida tabiiy gaz taqsimoti tizimini modernizatsiya qilish uchun “Yangi Choshtepa” hamda “Chortoq” MFYlari hududiga o’tgan yer usti D-219 mmli yuqori bosimli gaz quvurlarining chiqish qismiga gaz hisoblagich o’rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2022-yil 14-sentabr kuni soat 11:00 dan 18:00ga qadar “Yangi Choshtepa” mahallasidagi 66 ta ko’p qavatli uylardagi 3 028 ta xonadonlarda, “Chortoq” mahallasidagi 245 ta hovli xonadonlarda hamda 8 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi. Shundan; 1. Poliklinika-1 ta 2. Oziq-ovqat do’konlari-2 ta 3. Nonvoyxona-1 ta 4. Ofislar-3 ta 5. Kichik ishlab chiqarish korxonasi-1 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati