Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz quvurlarini tartibga keltirish hamda elektron gaz hisoblash uskunasini davlat qiyoslash ko'rigidan o'tkazish maqsadida yechib olish uchun bugun soat 13:00 dan 17:00 gacha Navoiy shahri hududi orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan Karmana tumani "Do'stlik" mahallasi namunali uylari (kotejlar)dagi 1485 ta aholi xonadoni va 32 ta ulgurji iste'molchiga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati