Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Chilonzor tumani, “2 - Charx Kamolon” mahallasi, Bunyodkor shoh ko’chasi va Sharq tongi ko’chalari kesishmasida joylashgan o’rta bosimli yer usti D - 89 mm gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan 2022 - yil 15 - fevral kuni 10:00 dan 16:00 ga qadar rejalashtirilgan. Shu sababli, "2 - Charx Kamolon", hamda "3 - Charx Kamolon" mahallasidagi 1190 ta aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha tõxtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt”GTF yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.