Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yunusobod tumani Ahrorobod ko‘chasi hududidagi yer usti d-108mmli o‘rta bosim gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 24-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani Qora-su-1 dahasi, Zulayho ko‘chasi va Qora-su-6 dahasi, Avayxon ko‘chasidagi o‘rnatilgan STG rusumli 3 dona gaz hisoblagichlarini harakatdagi yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Aholi iste’molchilari:
- Qora-su-1 va Qora-su-6 dahasida joylashgan 17 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 484 ta aholi xonadonlarida.
- "Katta Hasanboy" MFY Ahrorobod ko‘chasi, Ahrorobod 1-2-3 tor ko'chalari va Katta Hasanboy 8-9-10 tor ko'chalaridagi 500 ta uy xo'jaliklarida hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste’molchilarda.
Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati