Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
DIQQAT: TA'MIRLASH ISHLARI SABAB BUXORO SHAHRINING BA'ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI
Kesimi 89 mmli o'rta bosimli yer usti gaz quvurini ta'mirlash maqsadida joriy yilning 30-mart uni soat 13.00 dan 18.00 ga qadar shahardagi "Jo'bor", "Shergiron", "Havzi Nav", "X.G'unjoriy", "Abdurauf Fitrat" MFYda istiqomat qiluvchi tabiiy gaz iste'molchilarining xonadonida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.
Hurmatli iste'molchilar, gaz xo'jaligi qoidalariga rioya etishni unutmang!
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati