Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ta'mirlash ishlari tufayli Romitan, G'ijduvon, Vobkent, Buxoro, Jondor tumanlarining ba'zi mahallalarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi
Romitan tuman "Guliston", "Gʻazberon" va "Romitan" mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 89 va 100 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 9:30 dan 17:00 gacha hudud iste'molchilariga;
Vobkent tuman "Kosari" va "So‘fi-Dehqon"mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 159 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 9:30 dan 18:00 gacha hudud iste'molchilariga;
Buxoro tuman "Otbozor", "Istiqbo"l va "Yangiobod" mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 87,100 va 159 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 9:30 dan 18:00 gacha hudud iste'molchilariga;
Jondor tuman "Istiqlol" mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 108 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 9:30 dan 18:00 gacha hudud iste'molchilariga;
Gʻijduvon tuman "Bo‘lakiyon" mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 57 va 159 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun soat 13:00 dan 18:00 gacha hudud iste'molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati