Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMAZOR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
Olmazor tumani, Qamarniso ko’chasida joylashgan o`rta bosim D-57 mm gaz ustunida avariya holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 1-aprel kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 3 030 ta xonadonlarda hamda 20 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti to’xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati