Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
1–30 noyabrgacha belgilangan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maqsadi — xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash va turli internet xavflarining oldini olishga qaratilgan.
Mazkur uchrashuvda Namangan viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi ishtirok etib, kiberjinoyatchilikning hozirgi zamonda keng tarqalayotgan shakllari, ularning oqibatlari hamda ulardan himoyalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Amaliy misollar asosida turli xavfli holatlarni tanib olish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Mutaxassis tomonidan real hayotdan olingan misollar orqali kiberhujumlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar ham tushuntirib berildi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati