Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda viloyat boʻylab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha keng koʻlamli reydlar oʻtkazilmoqda.
Qibray tumanining “Salar” mahallasida joylashgan noturar bino xatlovdan oʻtkazilganda, fuqaro Sh. A. kafel ishlab chiqarish sexi tashkil etib, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgani maʼlum boʻldi. “E-maʼmuriy” dasturi orqali hisob-kitob qilinganida gaz taʼminoti korxonasiga 955 million 583 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Viloyatning Oqqoʻrgʻon tumani “Usta Nurmat” MFYda joylashgan “R. Q.” MCHJga qarashli novvoyxonada gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanib kelgani aniqlandi. Holat boʻyicha 946 million 80 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillariga topshirildi.