Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyatida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlari xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Viloyatning Pastdargʻom tumani “Oʻrtacharhin” MFYda joylashgan hammomda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻl bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 887 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Samarqand shahrining “Sevali ota” MFYda joylashgan “A. M. S.” MCHJga qarashli koʻp qavatli binoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 446 million soʻmlik zarar hisoblandi.
Ushbu noqonuniy holatlarga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.