Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, mazkur yoʻnalishdagi ishlar Jizzax viloyatida ham olib borilmoqda.
Forish tumani “Forish” QFY hududida joylashgan ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 418 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Zarbdor tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida “Oq buloq” MFYda joylashgan taʼlim muassasasida binodagi elektron gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa qasddan buzilgani aniqlandi. Holat yuzasidan qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 411 million soʻmliklar zarar hisoblandi.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.