Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan reydlar davom ettirilmoqda.
Poytaxtning Bektemir tumanida oʻtkazilgan tadbirda “Oltintopgan” MFYdagi xonadonlarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Fuqaro gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan tijorat maqsadida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻidan uzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2 milliard 731 million soʻmlik zarar keltirilgani maʼlum boʻldi.
Holatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Toshkent shahrida nazorat tadbirlari davom etmoqda.