Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va “Urganchshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan oʻtkazilgan reydda qonunbuzilish holati fosh etildi.
Urganch shahrining “Avesto“ MFYda yashovchi fuqaroga qarashli turar-joy binosida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, hisoblagichning davlat tamgʻasi buzilganligi, hamda hisoblagichdan tashqari yashirin tarzda tarmoqqa rezina shlang orqali ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 109 million 774 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.