Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyati Toshkent tumanining “Uchchinor” MFYda joylashgan, fuqaro A. Sh. ga qarashli binoda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, tijorat maqsadida popkorn ishlab chiqarish sexi tashkil etgani maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 340 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Noqonuniy holatga tegishli barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.