Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro viloyatining barcha hududlarida olib borilayotgan oʻrganishlar natijasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qoʻyilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filialining komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida Buxoro shahridagi aholi xonadonlari va tadbirkorlik obyektlarida reyd tadbirlari tashkil etildi.
Buxoro shahrining “Havzi Nav” mahallasida joylashgan toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaning tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganida, korxonada oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi. Jarayon yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 1 milliard 980 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillariga topshirildi. Buxoro viloyatida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.