Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida oʻtkazildi. Tumanning “Navroʻz” MFYda joylashgan “N. B. S.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi tegishli loyiha-texnik hujjatlarsiz, taʼminot idorasida bilan shartnoma imzolamasdan “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 244 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Mazkur ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.