Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzenergoinspeksiya xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oʻtkazilgan reyd jarayonida noqonuniy holat aniqlandi.
Tumandagi “Q. K.” nomli umumiy ovqatlanish maskanidagi gaz jihozlarining sarfi isteʼmolchi tomonidan oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan oshiqcha ekani aniqlandi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 157 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.