Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “Hududgaz Xorazm” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Tumanning “Bogʻdor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro R. Sh. xonadonida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz taʼminoti idorasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 493 million 381 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.