Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd jarayonida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSH) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Tumandagi “G. O. O.” MCHJga qarashli AGTKSHda xatlov oʻtkazilganda, gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilganligi aniqlandi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 9 milliard 757 million soʻm zarar hisoblandi.
Holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Mazkur yoʻnalishdagi nazorat tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.