Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Buxoro shahrida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd jarayonida navbatdagi qonunbuzilish holati qayd etildi.
Shaharning Gʻijduvon koʻchasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, istemolchi binodagi gaz hisoblash uskunasini oʻzboshimchalik bilan yechib olingan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 545 million 970 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Ish boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.