Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamalakat taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan eng katta illatlardan biri korrupsiyadir. U har qanday jamiyatning ildiziga qurt tushgandek zarar yetkazadi, adolat tamoyillarini yemiradi hamda xalqning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Hozirda qay sohaga nazar tashlamang "Korrupsiyaga yo'l qo'ymang! Korrupsiya – siz va bizning xavfsizligimizga qarshi jinoyat!" deya bong urilmoqda. Xususan,"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali tizimida ham shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun, 17-oktabr kuni filialda korrupsiyani oldini olish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda halollik muhitini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda filial rahbari I.Mamadjanov, filial va uning barcha hududiy bo'lim xodimlari ishtirok etdi.
"Korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning burchidir. Agar biz halollikni qadrlasak, adolatsizlikka ko‘z yummasak - korrupsiya ildiz otolmaydi. Halol mehnat, vijdoniylik, qonunga hurmat – bu jamiyatni yuksaltiruvchi eng kuchli quroldir", dedi filial rahbari I.Mamadjanov.
Tadbir davomida, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, xalq ishonchiga yetkazadigan zarari haqida alohida to'xtalib, har bir xodim o‘z kasbiy burchini vijdonan ado etishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, halollikni tashkilot madaniyatiga aylantirish, ochiqlikni ta’minlash to'grisida aytib o'tildi.
Kelgusida filial va uning hududiy bo'limlarida mana shunday tadbirlar davom ettiriladi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati