Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialida tizim shaffofligini ta’minlash, korrupsion harakatlarni olidini olish va bartaraf etishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi
Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi. Yurtimiz bo'ylab bu borada turli xil tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti fililalida Boshlang‘ich kasaba uyushma raisi A. Sobirov hamda Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov boshchiligida tizim shaffofligini ta’minlash, korrupsion harakatlarni olidini olish va bartaraf etish yuzasidan yig'ilish o‘tkazildi. Unda "Namanganshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida, "Korrupsiya har qanday davlat, jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini, qonun ustuvorligini zaiflashtirib, pirovardida esa inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi", deya soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.
Yig'ilish yakunida, korrupsiya zarali illat ekani aytilib, barchani vijdonan to'g'ri ishlashga chaqirildi. Shuningdek, xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar, ayniqsa, mehnat majburiyatlarining qo‘pol buzilishi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati